TB PRACTECAL
TB PRACTECAL – bu dorilarga chidamli sil kasalligi (DR-TB) bilan kasallangan odamlar uchun qisqa, chidamli va samarali davolash usullarini topishga qaratilgan zamonaviy II/III fazali klinik tadqiqot loyihasi.
Yarim asr davomida silga qarshi birinchi yangi dorilar imkoniyatidan foydalangan holda MSF London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi va tibbiy tadqiqotlar boʻyicha boshqa global yetakchilar, shuningdek, bu kasallik tarqagan mamlakatlarning sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda choralar koʻrish uchun hamkorlik qilmoqda.
- Ular birgalikda bitta katta maqsadni – dorilarga chidamli sil (DChS) bilan kasallangan yuz minglab odamlarning hayotini saqlab qolish va global inqirozni yanada kuchaytirayotgan halokatli davolash boʻshligʻini yopishni oʻz oldilariga qoʻyishgan. Bunga erishish uchun ular quyidagilarni maqsad qilishgan:
- Yaxshi klinik amaliyot uchun xalqaro standartlarga mos keladigan klinik tadqiqot orqali dorilarga chidamli sil (DChS) bilan kasallangan odamlar uchun qisqa, samarali va chidamli davolash usullarini aniqlash.
Yangi aniqlangan davolash rejimi muvaffaqiyatli boʻlgan hollarda uni milliy bayonnomalar va global siyosat va yoʻriqnomalarga kiritish orqali hamma joyda dorilarga chidamli sil (DChS) bilan kasallangan bemorlarning global miqyosda foydalanishini targʻib qilish.
Dastlabki natijalar shuni koʻrsatadiki, bedakvilin, pretomanid, linezolid va moksifloksatsindan (BPaLM) iborat yangi olti oylik faqat peroral tarzda qabul qilinadigan davolash rejimi dorilarga chidamli silni davolashda hozirda qabul qilingan standart davolashga qaraganda xavfsizroq va samaraliroqdir. Tadqiqot bemorlarni davolash va kuzatishni 2022-yil avgustigacha davom ettiradi, u 2022-yilning dekabrida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar
Yangi Аngliya tibbiyot jurnalida (NEJM) chop etilgan natijalar shuni koʻrsatadiki, bedakvilin, pretomanid, linezolid va moksifloksatsindan (BPaLM) iborat yangi olti oylik faqat peroral tarzda qabul qilinadigan davolash rejimi dorilarga chidamli silni davolashda hozirda qabul qilingan standart davolashga qaraganda xavfsizroq va samaraliroqdir.
TB PRACTECAL TADQIQOTI XRONOLOGIYASI VA NATIJALARI BILAN TANISHIB CHIQING
15 dekabr 2022 yili JSST dorilarga chidamli silni davolash boʻyicha yangilangan qoʻllanmani chiqardi va endi olti oylik rejimlardan dasturiy foydalanishni tavsiya qilmoqda; uzoqroq davom etuvchi, joriy rejimlar oʻrniga ko’plab dorilarga /rifampitsinga chidamli sil kassalligiga chalingan odamlarga BPaLM (Bedakvilin/Pretomanid/Linezolid/Moksifloksatsin) va BPaLni (Bedakvilin/Pretomanid/Linezolid) tavsiya qilmoqda.
Bizning maqsadimiz dalillarga javob berish va odamlarga ushbu yangi davolash usullarini imkon qadar tezroq taqdim etishni davom ettirish.
Rifampitsinga chidamli sil kasalligi haqidagi tez oʻzgarib borayotgan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda biz ushbu rejimlarni TB PRACTECAL tadqiqotida qanday qoʻllaganimiz va undan foydalanish nimani anglatishi haqida maʼlumot berishni maqsad qilganmiz.
Vositalarni bir qator muhitlar va tillar uchun moslashtirish mumkin, ular kelgusi oylarda yanada rivojlantiriladi. Agar siz bu yerda mos keluvchi biror narsani koʻrmasangiz yoki koʻproq maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz, quyida biz bilan bogʻlaning va biz sizga yordam berishga harakat qilamiz.
Umid qilamizki, ushbu to’plam siz uchun foydali boʻladi va munosabatingizdan qatʼi nazar, sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun qadrli.
BPALM/BPALni AMALGA OSHIRISH UCHUN VOSITALAR TO‘PLAMI
- Vositalar to‘plami materiallari bo‘yicha foydalanuvchi qo‘llanmasi, bemorlar uchun broshyura, buklet va flipbook
TEZ-TEZ BERILADIGAN SAVOLLAR (TBS)
- TB PRACTECAL klinik tadqiqoti va u qanday amalga oshirilganligi haqida
- JSSTning sil bo‘yicha birlashtirilgan ko‘rsatmalari. 4-Modul: davolash-dorilarga chidamli sil kasalligini davolash, 2022 yil yangiliklari
- MSF tibbiy ko‘rsatmalari: 10-bob: ko‘p dorilarga chidamli va rifampisinga chidamli sil kasalligini davolash
Biz bilan bogʻlaning: tb-practecal@london.msf.org
Tadqiqot jarayoni 2017-yil yanvar oyida boshlangan boʻlib, shu paytgacha oltita markaz va quyi markaz ochildi:
- Nukus, Oʻzbekiston, 2017-yil yanvar
- Toshkent, Oʻzbekiston, 2019-yil yanvar
- Minsk, Belarus, 2017-yil dekabr
- Doris Gudvin, KvaZulu-Natal, Janubiy Africa, 2018-yil noyabr
- Quyi muassasa: THINK klinik tadqiqot boʻlimi, Hillkrest (rasmiy ravishda Don MakKenzi), KvaZulu-Natal, Janubiy Afrika, 2018-yil oktyabr
- Helen Jozef kasalxonasi, Yohannesburg, Janubiy Afrika, 2019-yil dekabr
- Qirol DinuZulu kasalxonasi, KvaZulu-Natal, Janubiy Africa, 2019-yil noyabr
II-III fazali klinik tadqiqot
TB PRACTECAL koʻp markazli, koʻp guruhli, ochiq turdagi, tasodifiy tanlab olinadigan, nazorat qilinadigan, II-III fazali tadqiqot boʻlib, koʻpgina dori vositalariga chidamli o’pka sili kasalligi (KDChS) bilan kasallangan katta yoshdagi bemorlar uchun qisqa muddatli, xavfsiz, samarali va chidamli yangi davolash rejimini aniqlashga yoʻnaltirilgan.
Yangi jabhalarni ochish
Bemorga yoʻnaltirilgan davolash usullarini topish imkoniyatini maksimal darajada oshirish va rivojlanishni tezlashtirish uchun biz quyidagilarga intilamiz:
- Ikkita yangi va yuqori istiqbolga ega silga qarshi dorilar sinfi, diarilxinolinlar va nitroimidazollarni birlashtirib, davolashni tubdan yaxshilash salohiyatini oshirish.
- Davolash muddatini keskin qisqartirish uchun olti oylik rejimni aniqlash
- Jarayonni tezlashtirish va yangi rejim unga eng muhtoj odamlar uchun mos kelishini taʼminlash uchun pragmatik va moslashuvchan tadqiqot dizaynidan foydalanish
Tadqiqotning birinchi bosqichida sakkiz haftalik davolanishdan keyin xavfsizlik va samaradorlik natijalari asosida keyingi baholash uchun yangi bedakvilin va pretomanid preparatlarini oʻz ichiga olgan rejimlar aniqlandi.
2020-yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotning ikkinchi bosqichi tadqiqotning nazorat guruhini tashkil etuvchi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan mahalliy tibbiy muolaja standarti bilan solishtirganda 18 oyda eng yaxshi natija beruvchi yangi rejimning xavfsizligi va samaradorligi baholanadi.
Bemor ehtiyojlari va xavfsizligi Helsinki deklaratsiyasiga va yaxshi klinik amaliyotga oid xalqaro standartlarga toʻliq mos ravishda TB PRACTECAL tadqiqotining asosini tashkil etadi.
Tadqiqotdagi yangi rejimlar, birinchi navbatda, dorilarga chidamli sil bilan kasallangan odamlarning ehtiyojlariga javob berish uchun moʻljallangan, yaʼni bir nechta tabletkalar (inyeksiyalarsiz) ogʻiz orqali olti oy davomida qabul qilinadi.
Bemorlar uyda muolajalarini qulay tarzda yakunlashlari uchun kamroq nojoʻya taʼsirlarni boshdan kechirishlariga umid qilinadi.
Bundan tashqari, rejimlar OIV bilan yashovchi va dorilarga chidamli sil bilan birgalikda infeksiyalanganlar zaif toifadagi odamlar uchun xavfsiz va samarali boʻlishi kerak.
Agar muvaffaqiyatli boʻlsa, bunday turdagi yangi davolash usuli DChS epidemiyasidan eng koʻp zarar koʻrgan past va oʻrta daromadli mamlakatlarda davolash xizmatlarini keskin oshirish imkonini beradi. Va davolash hanuz kasallikning oldini olishning eng yaxshi shakli boʻlsa, bu global DChS inqirozini oʻzgartirishga yordam berishi mumkin.
Tadqiqot optimal moslik uchun har bir kontekstga moslashtirilgan umumiy strategiya va mamlakat darajasidagi rejalar yordami bilan hamjamiyat ishtirokining muhim komponentini oʻz ichiga oladi.
Uning negizida “tadqiqot loyihasidagi barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini ko‘zlab, uning etika va ilmiy jihatdan qatʼiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlovchi foydali, hurmatli, barqaror va shaffof hamkorlikni yaratish majburiyati” yotadi.
Shu maqsadda TB PRACTECAL quyidagilarni maqsad qiladi:
- Ochiq muloqotlarni yoʻlga qoʻyish, mahalliy manfaatlarga eʼtibor qaratish, oʻzaro tushunishni rivojlantirish va tadqiqotning foydaliligi va dolzarbligini optimallashtirish maqsadida hamjamiyatdagi manfaatdor tomonlar bilan muloqotga kirishish, bilim va tushunchalarni oʻzaro almashish.
- Tadqiqotning etika va ilmiy jihatdan qatʼiy xulq-atvorini qoʻllab-quvvatlash, odamlarning samarali hamkorlik qilishi, faol ishtirok etishi uchun ularning salohiyati, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida jamoatchilikning manfaatdor tomonlari tadqiqot haqida tushunishi va xabardor boʻlishi asoslarini ishlab chiqish.
- Tadqiqotning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun shaffof, hurmatli va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish maqsadida jamiyatdagi manfaatdor tomonlar tadqiqot davomida yetarli darajada xabardor boʻlishi va vakolatga ega boʻlishini taʼminlash.
Barcha klinik tadqiqotlarda boʻlgani kabi, yangi kombinatsiyalarda qoʻllaniladigan yangi davolash usullaridan foydalanish bilan bogʻliq potensial xavflar mavjud.
Tadqiqot jarayoni kuchli boshqaruv tuzilmasining bir qismi hisoblanuvchi Maʼlumotlar va xavfsizlik monitoringi kengashi tomonidan nazorat qilinadi va uning yordamida bemorning eng yuqori darajada xavfsizligi, etik va ilmiy standartlarga rioya etilishi taʼminlanadi.
Boshqaruv
TB PRACTECAL tadqiqotining kunlik muvofiqlashuvi Amsterdamdagi MSF Operatsion markazi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tarkibiga kiruvchi Buyuk Britaniyada joylashgan MSF Manson boʻlimining Loyiha boshqaruvi jamoasi tomonidan boshqariladi. Etika va ilmiy qatʼiylik kuchli boshqaruv tuzilmasi, jumladan, Boshqaruv qoʻmitasi va dunyoga mashhur ekspertlardan iborat tashqi Ilmiy maslahat qoʻmitasi orqali taʼminlanadi.
Tashqi va mustaqil Maʼlumotlar va xavfsizlik monitoringi kengashi ham bemorlar xavfsizligi va maʼlumotlar ishonchliligi boʻyicha eng yuqori standartlarga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Etika meʼyorlariga amal qilish boʻyicha nazorat
Mustaqil etika meʼyorlarini koʻrib chiqish boʻyicha kengashlar (ERBs) klinik tadqiqot ishtirokchilarining huquqlari, xavfsizligi va farovonligini himoya qilish bilan shugʻullanadi.
Ular tadqiqotni davom ettirish yoki ettirmaslik toʻgʻrisida bir qarorga kelishdan oldin uning barcha jihatlarini koʻrib chiqadilar. Muassasaga bemorlarni roʻyxatga olishni boshlashga ruxsat berishdan oldin, ERB barcha tadqiqot bilan bogʻliq materiallarni, shu jumladan bayonnoma va bemorlar haqidagi materiallarni koʻrib chiqadi. Bundan tashqari, ERB tadqiqot davomida davriy tekshiruvlarni amalga oshiradi.
TB PRACTECAL quyidagi mustaqil etika meʼyorlarini koʻrib chiqish boʻyicha kengashlar tomonidan tasdiqlangan:
- Médecins Sans Frontières/Chegara bilmas shifokorlar (MSF) Etika meʼyorlarini koʻrib chiqish kengashi
- London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi (LSHTM) Kuzatuv / Aralashuv tadqiqoti boʻyicha Etika qoʻmitasi
- Oʻzbekiston: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Odob-axloq qoʻmitasi
- Belorus: Respublika pulmonologiya va sil kasalliklari ilmiy-amaliy markazi davlat muassasasi Etika qoʻmitasi
- Janubiy Afrika: “Pharma Ethics” mustaqil tadqiqot etikasi qoʻmitasi
Janubiy Afrika: Vitvatersrand universiteti, Yohannesburg, Inson tadqiqotlari etikasi qoʻmitasi: (Tibbiy)
Asosiy tuzilmalar
Bern-Tomas Nyang’va (Bern-Thomas Nyang’wa), bosh tadqiqotchi
Bern (MB; BS, MPH [Xalqaro]) – KDCh-sil va xalqaro sogʻliqni saqlash boʻyicha katta tajribaga ega malavilik jamoat sogʻligʻini saqlash shifokori. Doktor Nyangʼva MSF bilan 2004-2008-yillarda Malavi, Nigeriya, Chad va Markaziy Afrika Respublikasida ishlagan.
2009-yildan beri u Kolumbiya, Gruziya, Abxaziya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Efiopiya va MARda bolalardagi va dorilarga chidamli sil kasalligini klinik va dasturiy boshqarishga eʼtibor qaratgan holda Buyuk Britaniyadagi MSF Manson boʻlimining bir qismi sifatida silga qarshi dasturlar boʻyicha maslahat berib kelmoqda.
U London sogʻliqni saqlash va tropik tibbiyot maktabi hamda Nuffild xalqaro sogʻliqni saqlash va rivojlantirish markazida maʼruzalar qiladi va London Universiteti kollejining Global sogʻliqni saqlash institutida faxriy klinik maʼruzachi hisoblanadi.
Bern hozirda Amsterdamdagi MSF Operatsion markazining tibbiy direktori hisoblanadi.
Emil Kazunis (Emil Kazounis), Loyiha yetakchisi va klinik tadqiqot menejeri
Emil tibbiy oziqlanish va jamoat salomatligi sohasini oʻrgangan va Buyuk Britaniyaning NHS tashkilotida klinik tadqiqotlar boʻyicha yetti yillik tajribaga ega.
Emil avvalroq Buyuk Britaniyada Qon saratoni boʻyicha birinchi tadqiqot - Klinik tadqiqot tarmogʻini tashkil etgan va boshqargan, Hindiston va Kambodjada Yevropa Ittifoqi doirasidagi dasturiy loyihalarni va tabiiy sharoitlarda oʻtkazilgan klinik tadqiqot dasturlarini boshqarishda qoʻshimcha tajribalarni egallagan.
Korin Merl (Corinne Merle), Klinik tadqiqot boʻyicha mutaxassis
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tropik kasalliklar boʻyicha maxsus tadqiqot va oʻqitish dasturiga (TDR-JSST) asoslangan holda Korin past va oʻrta daromadli mamlakatlarda oʻtkaziladigan interventsiya va qoʻllashga oid tadqiqot loyihalarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Korin sil kasalligini III fazadagi sil kasalligini koʻp markazli roʻyxatga olish tadqiqotida (OFLOTUB) klinik tadqiqot koordinatori sifatida katta tajribaga ega tibbiyot shifokori hisoblanadi.
Sogʻliqni saqlash boʻyicha mutaxassis sifatida 15 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega Korinning hozirgi ishi RAFA tadqiqotining loyiha oʻtkazilishini muvofiqlashtirish (sil/OIVni davolash strategiyalari - uchta parallel guruhli ochiq turdagi tadqiqot), GCP-ICH standartlari (Benin, Senegal, Gvineya) boʻyicha xalqaro koʻp markazli klinik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun xodimlarni tashkil etish va ularga maslahat berishni oʻz ichiga oladi.
Yuqumli kasalliklar va sogʻliqni saqlash boʻyicha malakali mutaxassis hisoblanuvchi Korin London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida (LSHTM), shuningdek, Yevropa, Osiyo va Afrikadagi boshqa muassasalarda klinik tadqiqotlar, yaxshi klinik amaliyot, statistika va epidemiologiya bo‘yicha maʼruzalar oʻqish va yetakchi aspirantura taʼlimi boʻyicha katta tajribaga ega.
Raymond Omollo, Maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha yetakchi mutaxassis
Raymond amaliy statistika boʻyicha PhD darajasi va klinik tadqiqotlarning turli darajalarida maʼlumotlarni boshqarish va statistika boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega.
Hozirda u Afrikaning eʼtiborsiz qoldirilgan kasalliklari uchun dori vositalari tashabbusida (DNDi) maʼlumotlar va statistika markazini boshqaradi.
Jorj Mokua Nyangveso (George Mokua Nyangweso), Maʼlumotlar menejeri
Jorj DNDi ARO tashkilotiga MSF loyihalari boʻyicha Yetakchi maʼlumotlar menejeri sifatida qoʻshildi.
Yaqindagina DNDi tashkilotiga qoʻshilishdan oldin Jorj “Kemri-Wellcome Trust Research” dasturida (Keniya, Kilifi) maʼlumotlar menejeri boʻlib ishlagan, u yerda boʻylama, koʻndalang kesimli tadqiqotlardan klinik tadqiqotlargacha boʻlgan bir nechta tadqiqot loyihalari uchun maʼlumotlarni boshqarish bilan shugʻullangan.
Jorj Jomo Kenyatta universitetida matematika va kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr darajasiga va sogʻliqni saqlash tadqiqotlari maʼlumotlarini boshqarish boʻyicha sakkiz yildan ortiq turli xizmat tajribasiga ega.
Maykl Ochieng (Michael Ochieng), Axborot tizimlari menejeri
Maykl Eʼtiborsiz qoldirilgan kasalliklar uchun dori vositalari tashabbusining (DNDi) Afrika mintaqaviy idorasi axborot tizimlari menejeri boʻlib, u klinik maʼlumotlarni boshqarish tizimlarini oʻrnatish va boshqarish uchun masʼul hisoblanadi.
Yaqinda u Oksford universitetida joylashgan Yuqumli kasalliklar boʻyicha maʼlumotlar observatoriyasida (IDDO) JSST/TDR karyerani rivojlantirish boʻyicha stipendiya dasturini tamomladi.
David Trevino, Logistika taʼminoti boʻyicha mutaxassis
David Barselonada arxitektura boʻyicha oʻqigan va MSFda logistika sohasida 22 yillik tajribaga ega. U Gruziya, Tanzaniya, Ruanda, Gvatemala, Meksika, Syerra-Leone, Keniya, Somali, MAR, Hindiston, Pokiston, Kolumbiya, Albaniya va Gondurasda ishlagan.
Hozirda u Chad, Rossiya Federatsiyasi, Oʻzbekiston, Tojikiston va Papua-Yangi Gvineyaga birinchi darajali logistika taʼminoti uchun javobgardir.
Erik Kvizera (Eric Kwizera), Logistika taʼminoti boʻyicha mutaxassis
Erik biotibbiyot muhandisligi boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega. Biomed va sovuqda saqlanadigan mahsulotlar zanjiri sohasi boʻyicha bek-ofis maslahatchisi sifatidagi hozirgi lavozimidan oldin u soʻnggi 6 yil davomida tibbiy asbob-uskunalarni boshqarish boʻyicha OCAda missiyalarni bajargan hamda uchuvchi biomed maslahatchisi lavozimida ishlagan. MSFga qoʻshilishdan oldin Erik Ruandada butun mamlakat boʻylab hukumatga qarashli shifoxonalarda tibbiy asbob-uskunalar boshqaruvini nazorat qiluvchi biomed boʻlib ishlagan.
Marion Koniin (Marion Coniin), Logistika taʼminoti
Marion Koniin bir nechta dorixonalarda farmatsevt yordamchisi boʻlib ishlagan. MSFda ishlashdan oldin u IDA Foundation nodavlat notijorat tashkilotida Savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mahsulot koordinatori boʻlib ishlagan, bu orqali u MSF bilan tanishgan, chunki ular koʻp yillar davomida birga intensiv darajada faoliyat olib borgan.
2017-yil aprel oyidan beri Marion Operatsion xaridlar boʻyicha mutaxassis sifatida klinik tadqiqoti guruhining bir qismi boʻlib kelmoqda. U dori-darmonlar, tibbiy, laboratoriya va logistika buyumlarini buyurtma qilish, sotib olish va joʻnatish uchun javobgar hisoblanadi.
Genri Santana (Henry Santana), Laboratoriya/Biomed sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahatchi
Santana 2019-yil mart oyida 3-darajali texnik yordam koʻrsatuvchi sifatida klinik tadqiqoti guruhiga qoʻshildi. U birinchi navbatda Nukus laboratoriyasi uchun ishlab chiqaruvchilar, laboratoriya xodimlari, taʼminot va laboratoriya jihozlari xizmat koʻrsatish siklining barcha jihatlarini qoʻllab-quvvatlovchi biotibbiyot boʻyicha texnik xodimlarni muvofiqlashtiradi.
Ketrin Filding (Katherine Fielding), yetakchi statistik/LSHTM PI
LSHTMda tibbiy statistika va epidemiologiya boʻyicha professor Ketrin 20 yillik post-doktorlik tajribasiga ega biostatistik boʻlib, tashrif buyuruvchi biostatistik sifatida ikki yil Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazida (CDC) va 15 yil LSHTMda ishlagan.
U 10 yil davomida biostatistika va epidemiologiya sohasida sil va OIV boʻyicha PhD talabalariga rahbarlik qilgan va sakkizta silga oid tadqiqotlarda biostatistik boʻlib ishlagan.
Ayni paytda, Ketrin silga qarshi dorilar boʻyicha uchta yangi keng koʻlamli klinik tadqiqotlar (ReMox, Rifaquin, yangi surtma-musbat sil uchun toʻrtta davolash rejimiga oid MAMS tadqiqoti) uchun Maʼlumotlar va xavfsizlik monitoringi kengashlarida faoliyat yuritadi, shuningdek, sil/OIV boʻyicha boshqa yirik klinik tadqiqotlarda yetakchi statistik boʻlib, sil kasalligi boʻyicha keng koʻlamda asarlar nashr ettirgan.
Mett Dodd (Matt Dodd), Statistik
Mett London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining Tibbiy statistika boʻlimida ishlaydigan tadqiqotchi xodim.
U maʼlumotlarni boshqarish va tasodifiy tanlab olinadigan, nazorat qilinuvchi tadqiqotlarning statistik tahlili, shu jumladan taqqoslovchi va klasterli tasodify tanlab olinadigan tadqiqotlar boʻyicha ekspertlik qiladi.
Paskal Jolivet (Pascal Jolivet), klinik tadqiqot laboratoriyasi koordinatori
Paskal tibbiy biologiya boʻyicha oʻqishini tugatgandan soʻng gematologiya va tahlilning turli sohalarida tajriba toʻplagan. U sakkiz yil davomida Fransiyaning gʻarbiy qismidagi yirik kasalxona, “Centre Hospitalier Intercommunal”da (Quimper Bretagne) laboratoriya faoliyatini nazorat qilgan.
Paskal 2019-yil noyabr oyida TB-PRACTECAL jamoasiga qoʻshildi. Manson boʻlimida hozirgi lavozimidan oldin u MSFda toʻrt yil davomida yuqumli kasalliklar (Gepatit C, sil, OIV, bezgak), bakteriologiya, qon quyish va umumiy laboratoriya (serologiya, biokimyo, gematologiya, sifat nazorati) nazorati boʻyicha Soha laboratoriyasi menejeri, Sifat nazorati boʻyicha maslahatchi va mos ravishda Mali, Keniya va Osiyo mintaqasida (Kambodja, Bangladesh, Papua Yangi Gvineya, Filippin va Pokistonni qamrab olgan) Mintaqaviy texnik Referent sifatida ishlagan.
Erin Da Kosta (Erin Da Kosta), klinik tadqiqot farmatsevti
Erin London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida (LSHTM) rivojlanayotgan mamlakatlarda sogʻliqni saqlash boʻyicha magistrlik darajasini olishdan oldin Kanadada besh yil klinik shifoxona farmatsevti boʻlib ishlagan.
U 2010-yilda MSFga Amsterdamdagi farmatsevt maslahatchisi sifatida qoʻshildi va MSF Hollandning barcha missiyalarida farmatsevtika mahsulotlarini sifatli yetkazib berish va ulardan foydalanishni taʼminlash uchun masʼul boʻldi.
Ketrin Berri (Catherine Berry), global bosh tadqiqotchi
Ketrin ichki kasalliklar boʻyicha 12 yildan ortiq klinik tajribaga ega yuqumli kasalliklar shifokori (FRACP) hisoblanadi. Jamoat salomatligi va tropik tibbiyot boʻyicha magistraturani tamomlagandan keyin u 2014-yilda MSFga qoʻshildi hamda Oʻzbekiston va Iordaniyada ishladi. U Nyukasl universiteti maʼruzachilaridan biri.
U tadqiqotni muvofiqlashtirish, shuningdek, MDR-TB bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish boʻyicha katta tajribaga ega.
Ilaria Motta, Tibbiy kuzatuvchi
Ilaria resurslar cheklangan sharoitlarda OIV va sil infeksiyalarini boshqarish tajribasiga ega yuqumli kasalliklar shifokori.
U 2011-yilda Tropik tibbiyot va gigiyena (DTM&H) boʻyicha diplom olgan. Yaqinda u silga qarshi dorilarning farmakokinetikasi yoʻnalishi PhD loyihasini tugatdi.
2015-yilda u Markaziy Afrika Respublikasida MSFda shifokor boʻlib ishladi.
Natali Lachenal (Nathalie Lachenal), Farmakologik nazorat xodimi
Natali yetti yildan beri farmatsevtika sanoatida turli terapevtik sohalarda (neyro-/immunologik kasalliklar, onkologiya) farmakologik nazorat xodimi sifatida ishlab kelmoqda.
U TB-PRACTECAL va End-TB loyihalari uchun nojoʻya dori reaksiyalarini tegishli usulda aniqlash, monitoring qilish, kuzatish va oldini olish maqsadida MSF uchun farmakologik nazorat tizimini yaratdi.
Nikola Jeyms (Nicola James), Klinik tadqiqot boʻyicha katta xodim
Nikola TB-PRACTECAL kompaniyasiga 2020-yil fevral oyida qoʻshildi. U operatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va asosan Janubi-Sharqiy Osiyoda klinik tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha besh yildan ortiq tajribaga ega. Uning tadqiqot yoʻnalishlari LSHTM, Mahidol-Oksford tropik tibbiyot tadqiqot boʻlimi va Xalqaro migratsiya tashkiloti kabi tashkilotlar uchun dorilarga chidamli bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarga qaratilgan. Nikola LSHTMdan yuqumli kasalliklarni nazorat qilish boʻyicha magistr darajasiga ega.
Sharlotta Betts (Charlotte Batts), Klinik tadqiqot loyihasi maʼmuri
Sharlotta MSFga 2020-yil avgust oyida qoʻshilgan. TB-PRACTECAL jamoasiga qoʻshilishdan oldin u Viktoriya va Albert muzeyida ishlagan hamda ikkita yirik V&A Sharqiy kapital loyihalariga loyihani qoʻllab-quvvatlash vazifasini bajargan; Stratford Uoterfront muzeyi va Kolleksiyalar tadqiqot markazida faoliyat yuritgan. Bungacha u moliya va resurslar bo‘yicha direktorning ijrochi yordamchisi hamda raqamli, tijorat va ko‘rgazmalar bo‘yicha direktor vazifasida ishlagan. U, shuningdek, Qirollik Milliy Ortopediya kasalxonasi fondida terapiya boʻlimi direktorlariga yordam bergan va bir nechta AT va tibbiy yozuvlar loyihalarini boshqargan. U tarix yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega.
Shon King (Seán King), Biotibbiyot va sovutish zanjiri bo'yicha maslahatchi bo'lib, logistika yordamini taqdim etadi.
Shon mashinasozlikni o'rgangan va 2013 yilda MSFga kelishdan oldin 10 yil davomida tibbiy asbob-uskunalar, avtomobilsozlik va yirik ishlab chiqarish sohalarida ishlagan.
U 2016 yilda klinik tadqiqoti guruhiga qo'shildi va tadqiqot davomida birinchi darajali logistika yordami uchun mas'ul bo'lgan (2016/2017 yil o'rtalarida) va biotibbiyot va sovuq zanjir bo'yicha maslahatchi sifatida ishlagan (2016 yildan klinik tadqiqoti oxirigacha).
U maslahatchi vazifasidan O'zbekistonda logistika koordinatori sifatida ishlash uchun bir yillik ta'til oldi (2020/2021 yillar o'rtalari), bu erda ikkita klinik tadqiqot markazlari joylashgan edi.
Bern-Tomas Nyangʼva (rais), Tibbiy direktor, Amsterdam operatsion markazi, MFS
Melissa Makrey (Melissa McRae), Sobiq tibbiy direktor, Amsterdam operatsion markazi, MFS
Devid Mur (David Moore), Yuqumli kasalliklar va tropik tibbiyot professori, LSHTM
Koyert Ritmeyer (Koert Ritmeijer), Sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchi koordinatori, Amsterdam operatsion markazi, MFS
Fil du Kros, (Phil du Cros), Yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, Burnet instituti
Mel Spigelman, Prezident va bosh ijrochi direktor, TB Alliance
Yujin San (Eugene Sun), Bosh vitse-prezident, TB Alliance
Morounfolu Olugbosi, Silga qarshi dorilar ishlab chiqish boʻyicha global alyansning Klinik rivojlanish bo‘yicha katta direktori, TB Alliance
Robert Horsburgh (rais), Epidemiologiya boʻyicha professor, Boston universiteti jamoat salomatligi maktabi
Erik Nuermberger (Eric Nuermberger), Tibbiyot fanlari dotsenti, Yuqumli kasalliklar boʻlimi, Tibbiyot fakulteti, Jons Hopkins universiteti
Grem Meintjes (Graeme Meintjes), Tibbiyot va yuqumli kasalliklar boʻyicha dotsent, Keyptaun universiteti
Ketlen Eyzenax (Kathleen Eisenach), Patologiya va mikrobiologiya boʻyicha professor, Arkanzas tibbiyot fanlari universiteti
Kristian Lienxardt (Christian Lienhardt), Global sil kasalligi dasturi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
Endryu Nann (Andrew Nunn), London universiteti kolleji Tibbiy tadqiqot kengashining klinik tadqiqotlar boʻlimi (MRC CTU) yuqumli kasalliklarni oʻrganish mavzusi boʻyicha direktor oʻrinbosari va raisi
Kristof Lange (Christoph Lange), Klinik yuqumli kasalliklar boʻlimi boshligʻi, Borstel tadqiqot markazi, Leybnits biotibbiyot tadqiqotlari markazi
Maykl Xyuz (Michail Hughes) (rais), Biostatistika boʻyicha professor, Garvard jamoat salomatligi maktabi
Payam Nahid, oʻpka va jiddiy tibbiy yordam boʻlimi (Kaliforniya universiteti) rezidensiyasi professori va UCSF sil kasalligi markazi direktori. Ilgari JSSTning silga qarshi yangi dorilar va davolash rejimlari boʻyicha ishchi guruhiga rahbarlik qilgan.
Jonston Kumvenda (Johnstone Kumwenda), Ichki kasalliklar boʻyicha professor, Tibbiyot kolleji, Malavi universiteti
Suman Majumdar, Sogʻliqni saqlash xavfsizligi boʻyicha dastur direktorining oʻrinbosari va Burnet institutida sil kasalligini yoʻq qilish va amalga oshirish ilmiy guruhi rahbarlaridan biri.
Todd Lorenz, Klinik rivojlanish/tibbiy ishlar/ilmiy litsenziyalash boʻyicha maslahatchi
Xalqaro hamkorlik
Bosh tadqiqotchi va homiy sifatida TB PRACTECAL tadqiqoti MSFning DR-TBni davolash va innovatsiyalar boʻyicha MSFning katta tajribasi va malakasiga tayanadi hamda kasallikdan zarar koʻrgan mamlakatlarning Sogʻliqni saqlash vazirliklari, London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi va tibbiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boʻyicha boshqa global yetakchilar bilan hamkorlikda ishlaydi.